Hindistonlik shifokor “Anamed”da ish boshladi

A A A
Hindistonlik shifokor “Anamed”da ish boshladi
Keyingi yillarda investisiya, ijtimoiy-madaniy, fan-texnika sohalarida rivojlangan mamlakatlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va mustahkamlash, jahonning ilg‘or tajribasi, fan-texnika yutuqlari, intellektual salohiyatidan foydalanishga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu borada turli sohalarda xorijlik mutaxassislarni hamkorlikka jalb etish ko‘zlangan maqsadlarga erishish yo‘lidagi muhim chora-tadbirlardan biridir.
 
Namangan shahridagi “ANAMED” diagnostika markazi rahbari N.Abdullaxonov xususiy tibbiyot muassasalari orasida Farg‘ona vodiysida birinchilardan bo‘lib bu borada amaliy qadam tashladi. U o‘zining diagnostika va davolash markaziga hindistonlik shifokor, doktor Paramjit Singxni shartnoma asosida ishga taklif qilib, endokrinologiya va kardiologiya kasalliklari bo‘yicha Hindistonga shifo izlab borish maqsadida yurgan yurtdoshlarimizning uzog‘ini yaqin, mushkulini oson qilishdek ezgu maqsadini ro‘yobga chiqardi. 
 
Biz hindistonlik shifokor Paramjit Singxni suhbatga tortdik: 
 
– Doktor Singx, O‘zbekistonga birinchi marta kelishingizmi yoki ilgari ham bo‘lganmisiz?
 
– Men 2012 yilda birinchi marta Toshkentga konferensiya ishtirokchisi va sayyoh sifatida kelgan edim. Ayni shu mening hayotimda katta burilishlar yasagan sayohat bo‘ldi. Chunki, menda o‘sha sayohat natijasida Toshkentda o‘qish istagi paydo bo‘ldi va uch yil Toshkent tibbiyot akademiyasida tahsil oldim. Keyin Hindistonga qaytib, xususiy klinika ochdim. Biroq, negadir meni O‘zbekiston o‘ziga tortaverdi. 2015 yilda yana O‘zbekistonga kelib Samarqanddagi klinikalardan birida ishlab yurganimda “ANAMED” diagnostika markazi rahbari bilan tanishib qoldik va bu mening bugun shu markazda ish boshlashimga turtki bo‘ldi. 
 
– Mutaxassisligingiz bo‘yicha o‘z yurtingizda o‘qigan bo‘lsangiz kerak. Ayting-chi, Toshkentda o‘qishingizga nima sabab bo‘ldi?
 
– Men tibbiyot yo‘nalishidagi bakalavr diplomini Rossiyaning Sankt-Peterburg tibbiyot institutida olganman. Keyinchalik o‘z yurtimda kardiologiya mutaxassisligi bo‘yicha Panjob universitetida magistraturani tamomladim. Daniya, Shvesiya, Singapurda o‘qidim. Xullas, 2003 yildan buyon o‘qish va ishni barobar olib boraman. Tibbiyot sohasida o‘qish va izlanishni aslo to‘xtatib bo‘lmaydi. Toshkentda o‘qishimga sabab esa, O‘zbekiston tibbiyot sohasida yangi izlanishlar imkoniyatiga ega, o‘z ustingda ishlashga rag‘bat uyg‘otadigan mamlakat, deb bilganimdir. Bugun O‘zbekiston tibbiyoti ham moddiy-texnik ta’minot, ham ijtimoiy siyosat va ham malakali mutaxassislar ko‘payib borayotgani jihatidan astoydil ishlaydigan sohadir. Bu yerda o‘zbek hamkasblarimizdan o‘rganadigan jihatlar ham ko‘p. Men ular safida o‘zgacha bir ishtiyoq bilan ishlayapman. 
 
– Davolash usulingiz qanday?
 
– An’anaviy usullardan farqli ravishda kasallikning o‘zini emas, balki uning ildizi va asoratlarini ham davolashga alohida e’tibor qarataman. Yana davolashda ukol, osma ukol kabi in’ektiv igna sanchish usullaridan foydalanmayman, faqat shifobaxsh giyohlardan tayyorlangan tabletkalar bilan davolayman. 
 
– Namangandagi faoliyatingizning istiqboli haqida nima deysiz?
 
– Endokrinologiya va kardiologiyani rivojlantirish, bu sohalarda aholiga jahon andozalari darajasida diagnostika va davolash xizmati ko‘rsatilishiga hissa qo‘shish. O‘zbek va hind xalqlarining madaniy aloqalari ildizi ko‘p asrlarga borib taqaladi. Mamlakatingizda amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli boshqa sohalardagi hamkorlikda ham keng imkoniyatlar ochilmoqda. Men bu tibbiyot markaziga bir yillik shartnoma asosida ishga kelgan edim. Nazarimda umrbod qoladiganga o‘xshayman. Ha, Hindistonda o‘zimning xususiy tibbiyot markazim bo‘lishiga qaramay, O‘zbekiston meni ohangraboday o‘ziga tortaveradi. 
 
Tadbirkor N.Abdullaxonov Namangan shahri markazida ochgan mazkur muassasa ish boshlaganiga ikki yil bo‘ldi. Ikki yil davom etgan bunyodkorlik ishlari natijasida zamonaviy shaharsozlik talablariga javob beradigan to‘rt qavatli muhtasham bino qad rostladi. Unda jahonning eng ilg‘or klinikalari andozalari asosida sharoit va imkoniyatlar yaratilgan. Masalan, eshiklari ham bino ichiga va ham hovliga ochiladigan lift shoshilinch keltirilgan bemorlarni gavjum foyedan yurmay mashinadan to‘g‘ri liftga olib kirish imkonini beradi. 
 
Neyrojarrohlik, nevrologiya, kardiologiya, urologiyaga ixtisoslashgan ushbu markaz eng ilg‘or diagnostika uskunalari va boshqa tibbiy asboblar bilan jihozlangan. Jumladan, oxirgi avlod UTT apparati tashxis aniqligi va funksional imkoniyatlari nuqtai nazaridan mamlakatimizda qo‘llanilayotgan sanoqli uskunalardan biri. Shuningdek, markazning laboratoriya, nevropatologiya, radiologiya, endokrinologiya bo‘limlarida ham General Yelektrik, Siemens kabi mashhur kompaniyalarda ishlab chiqarilgan tibbiyot texnikalari vositasida yuqori malakali tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda. Ko‘chma rentgen, neyrojarrohlik stoli, anesteziologiya uskunasi, mikroiqlim hosil qilish, yoritish, sun’iy nafas oldirish va boshqa ko‘plab yo‘nalishlar bo‘yicha eng zamonaviy qurilmalar bilan jihozlangan ikkita jarrohlik blokida jahon andozalari darajasida jarrohlik amaliyotini o‘tkazish mumkin. Jonlantirish xonalari avtonom kommunikasiya tizimi bilan ta’minlangan, bu xonalarda muayyan bemorga qulay va zarur iqlim sharoiti hosil qilib beriladi. 
 
Bundan tashqari, joriy yilda shifo maskaniga “Siemens Acison SC 2000” rusumli kardioUZI, Buyuk Britaniyaning “BTL” kompaniyasida ishlab chiqarilgan fizioterapiya muolajasi uskunalari jamlanmasi keltirib o‘rnatildi. Hozirda 52 o‘rinli stasionar davolash bo‘limida pardozlash ishlari yakuniga yetish arafasida. 
 
Albatta, muassasada zamonaviy uskunalar bilan ishlay oladigan malakali kadrlar jamoasini shakllantirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada ilmiy-amaliy hamkorlik bo‘yicha Qozon shahrining mintaqalararo klinik diagnostika markazi bilan memorandum imzolangan. O‘tgan davr mobaynida bir guruh shifokorlar u yerda 160 soatlik kurslarda malaka oshirib qaytdi va o‘zlashtirgan bilim-mahoratini hozir amaliyotga tatbiq etish barobarida hamkasblariga ham o‘rgatmoqda. 
 
Bu yerda 25 kishi doimiy ish bilan ta’minlangan. Stasionar va fizioterapiya bo‘limlari ishga tushirilishi bilan yana 30 dan ziyod yangi ish o‘rni yaratiladi. Markaz o‘z faoliyatini boshlagandan buyon o‘tgan qisqa vaqt mobaynida 2 mingdan ziyod bemorga yuqori sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatdi. 
Manba: uza.uz

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Himolayda 2021 yilda yo‘qolgan rossiyalik talaba yildan keyin Nepaldagi baland tog‘li buddaviy monastirda topildi

Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.

Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.

O‘zbekistonliklar may oyida 14 kun dam oladi

Меҳнат кодексининг 208-моддасига асосан дам олиш куни ишланмайдиган байрам кунига тўғри келган тақдирда, дам олиш куни байрамдан кейинги иш кунига кўчирилади.

Moskvadagi barcha aeroportlar faoliyatini to‘xtatdi

Шереметево рейсларга ўзгартиришлар киритилиши мумкинлигини эълон қилди. Аввалроқ, "гилам"0 сигнали туфайли Внуково, Домодедово ва Жуковскийда чекловлар жорий этилган эди.

Serxio Aguero: «Abduqodir Husanov shu darajani 3-4 yil saqlab qolsa, dunyoning eng yaxshi himoyachilaridan biriga aylanishi mumkin»

"Манчестер Сити" афсонаси ҳисобланган Серхио Агуэро «шаҳарликлар» ёш юлдузлари — Нико O’Райли ва Абдуқодир Ҳусановнинг ўйинларига юқори баҳо берди.

Mbappe jarohatini davolash o‘rniga aktrisa bilan hordiq chiqarmoqda. Klub fanatlari jiddiy norozilik bildirmoqda

«Реал Мадрид» мухлислари ҳужумчи Килиан Мбаппени мавсумнинг ҳал қилувчи палласида Италияда севгилиси билан ҳордиқ чиқараётгани учун кескин танқид қилишди.

Prezidentning xotiniga hukm chiqargan sud’ya o‘lik holda topildi

Полиция воқеани ўрганмоқда, асосий версиялардан бири — ўз жонига қасд қилиш.

«Urushmoqchimisan?» Zelenskiyning Belarusga yo‘llagan tahdidi G‘arbni hayratda qoldirdi

X ижтимоий тармоғи фойдаланувчилари Владимир Зеленскийнинг чегаранинг Беларусь томонидаги гўёки «ғалати фаоллик» учун Минскка жавоб қайтариш билан таҳдид қилган баёнотини фаол муҳокама қилмоқдалар.

Eron yahudiylari yetakchisi Oyatulloh Xomanaiyga sodiqlik bildirdi

Шу билан бирга, Исроилда ички норозилик кучаймоқда.

«Manchester Siti» markaziy himoyachisini arzon garovga sotib yuborishi mumkin

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Натан Аке фаолиятини Италияда давом эттириши мумкин.

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

Uganda prezidentining o‘g‘li Turkiyadan 1 mlrd dollar va eng go‘zal qizni talab qilmoqda

Уганда президентини ўғли, армия қўмондони Муҳузи Кайнеругаба Туркияга нисбатан баҳсли баёнот билан чиқди.

Javohir Sindarov va ijtimoiy tarmoqlarni portlatgan surat

Бу лавҳа ҳар икки давлат фойдаланувчилари ўртасида қизғин муҳокамаларга сабаб бўлди.

Tehronda Oliy rahbar vafoti munosabati bilan katta motam marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Мотам санаси Эрон ва АҚШ ўртасида икки ҳафталик сулҳ бошланиши билан бир вақтга тўғри келди.

Gvardiola golda Husanovni aybladi

«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиола «Арсенал»га қарши кечган баҳсдаги (2:1) Жанлуижи Доннарумманинг хатоси ҳақида гапирди.

Rossiya Moskvadagi paradga boradigan yetakchilar ro‘yxatini e’lon qildi

Россия Москвадаги парадга борадиган етакчилар рўйхатини эълон қилди, рўйхатда Марказий Осиё президентлари йўқ.

Isroilga jo‘natish uchun 17 ming dollar so‘ragan rahbar ushlandi

Хорижий давлатларга ишга юбориш билан боғлиқ фирибгарлик ҳолатлари фош этилди.

AQSh Eronga zarba berdi. Tehron amerikaliklarning harbiy kemalariga hujum qildi

Қўшма Штатлар ҳарбийлари Эроннинг Қешм оролидаги портга ва Бандар-Аббос шаҳрига зарбалар берди, деб хабар қилмоқда Fox News ва Ахios журналистлари.

Rossiya Suriyadagi harbiy bazani qayta qurmoqda

Бу ҳақда The Maritime Executive ихтисослашган ресурси хабар берди.

Tramp tuzoqqa tushib qoldi va undan qanday chiqishni bilmaydi – CNN

Ҳўрмуз бўғозини назорат қилиш — стратегик мувозанатини Эрон фойдасига ўзгартирди.

Xitoy sobiq mudofaa vazirlariga shartli o‘lim jazosi berdi

Хитой ҳукумати коррупция ва лавозим ваколатларини суиистеъмол қилишда айбланган икки нафар собиқ мудофаа вазирига шартли ўлим жазоси тайинланганини эълон қилди.

Eron AQSh taklifiga hali javob bermadi — Tehron hujjatni o‘rganmoqda

Бу ҳақда Эрон Ташқи ишлар вазирлиги вакили Исмоил Бағоий маълум қилди.

Latviyada Rossiyadan uchib o‘tgan ikkita dron qulab tushdi, ulardan biri neft omboriga zarar yetkazdi

7 май кечаси ҳаво ҳудудига эҳтимолий таҳдид ҳақидаги хабарни Резекне шаҳри, шунингдек, Резекне, Балви ва Лудза ўлкалари аҳолиси олган

Tramp Eron bilan muzokaralarni AQShda o‘tkazishni taklif qildi

Дональд Трамп Эрон билан музокараларни АҚШ ҳудудида ўтказишни таклиф қилди.

Chekka hududda yarim asr 16 ta qishloq suyanib kelgan tibbiyot maskani butkul yangilandi

1972 йилда қурилган Ургут туманининг “Баҳрин” маҳалласидаги 21-сонли оилавий поликлиника 16 та қишлоқ аҳолиси — 13 мингдан ортиқ инсон учун ягона тиббиёт маскани ҳисобланади. Бу бино қурилганидан бери, яъни ярим асрдан ошиқ вақт давомида капитал таъмир кўрмаган.

Jizzaxda vagonda selfiga tushmoqchi bo‘lgan o‘smirni tok urdi

Жабрланувчи шифохонага етказилиб, жонлантириш бўлимига ётқизилган.

O‘zbekistonda yirik firibgarlikda ayblangan Turkiya fuqarosi Perudan Toshkentga ekstradisiya qilindi

Маълум қилинишича, Интерпол каналлари орқали қидирувга берилган шахс Перудан Ўзбекистонга олиб келинган.

Ishga kiritish, ruxsatnoma olish va nafaqa tayinlash bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi

Коррупцияга қарши курашиш йўналишида Давлат хавфсизлик хизмати ходимлари томонидан Бош прокуратура ҳузуридаги Департамент ва Ички ишлар органлари билан ҳамкорликда ҳудудларда бир нечта тезкор тадбирлар ўтказилди.

Isroil Livan janubidagi hujumlarni davom ettirmoqda

NNA маълумотига кўра, Исроил ҳарбий самолётлари эрталабдан Кефре ва Жебшитга зарбалар берган.

BMT Xavfsizlik Kengashi BAAga hujumlar bo‘yicha yopiq majlis o‘tkazadi

Бу ҳақда Al Jazeera дипломатик манбага таяниб хабар берди.

Chegarada tunnellar orqali qonunbuzarlikka qarshi javobgarlik kuchaytiriladi

Айниқса, ер остида ноқонуний қурилган туннеллар ёки бошқа инфратузилмалардан фойдаланиб чегарани кесиб ўтиш оғирлаштирувчи ҳолат сифатида белгиланмоқда.

Samarqanddagi «zapravka»da yong‘in chiqdi

Ҳозирда ёнғиннинг келиб чиқиш сабаби ва етказилган моддий зарар миқдори аниқланмоқда.

Leningrad viloyatining Kirishi shahridagi neftni qayta ishlash zavodiga hujum qilindi

Ҳужум фонида Пулково аэропорти ишини чеклади, камида 17 та авиарейс кечиктирилди.

Xitoyning Xunan provinsiyasidagi pirotexnika zavodida portlash yuz berdi

​Хитой раиси Си Жинпин ҳодиса юзасидан зудлик билан текширув ўтказиш ва айбдорларни қаттиқ жавобгарликка тортиш бўйича кўрсатма берди.

Oq uy yaqinida yana bir otishma sodir bo‘ldi

Associated Press агентлигининг хабар беришича, Оқ уй вақтинча ёпиб қўйилган.

Qozog‘istondagi metallurgiya zavodida kuchli portlash yuz berdi

Дастлабки маълумотларга кўра, фавқулодда ҳолат оқибатида 2 киши ҳалок бўлган, 5 киши жароҳатланган.

Izmirda nimalarni tatib ko‘rish mumkin?

Бугунги кунда саёҳатда фақат манзил эмас, балки сафар давомида татиб кўриладиган таъмлар ҳам алоҳида аҳамият касб этмоқда. Сўнгги йилларда гастрономик саёҳат, яъни “foodie exploration” — глобал туризмга сезиларли таъсир кўрсатаётган муҳим йўналишга айланди. Замонавий сайёҳлар кўпинча саёҳатларини машҳур диққатга сазовор жойларни зиёрат қилиш билан бир қаторда, унутилмас гастрономик тажрибалар асосида режалаштирмоқда.

Ispaniyada 40 tonnagacha kokain musodara qilindi

Испания полицияси Атлантика океанида рекорд даражадаги — тахминан 40 тонна кокаинни мусодара қилди.

AQShda United Airlines samolyoti qo‘nish vaqtida yuk mashinasiga urilib ketdi

FAA ва NTSB маълумотларига кўра, Boeing 767-400 самолёти Венециядан 200 дан ортиқ йўловчи билан парвоз қилган.

Qoraqalpog‘istonda kadastr bo‘limi rahbari pora bilan ushlandi

Ҳозирда кадастр раҳбарига нисбатан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.