Haydovchiga nisbatan talonchilik qilgan 3 nafar shaxs ushlandi

Haydovchiga nisbatan talonchilik qilgan 3 nafar shaxs ushlandi

2019 yil 20 may kuni Navoiy shahar Parvoz ko‘chasida yashovchi S.B. Toshkent viloyatining Chinoz tuman IIBga murojaat qilib, shu yil 19 may kuni soat 18.00larda 3 noma’lum shaxs Toshkent shahar Chilonzor tumanida joylashgan “Abu Saxiy” savdo majmuasi oldidan uning boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomashinasiga yo‘lovchi sifatida o‘tirib, Chinoz tumani Madaniyat mahallasi hududiga yetib kelganlarida noma’lum shaxslar avtomashinani yo‘l chetiga to‘xtatishni aytib, uni qo‘rqitish yo‘li bilan umumiy qiymati 200 ming so‘mlik avtomashina himoya pultini tortib olib ketganliklarini ma’lum qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasiga ko‘ra, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Toshkent viloyati Zangiota tumani Eshonguzar QFY A.Temur mahallasida yashovchi 33 yoshli D.R., Buxoro shahar Xushun ko‘chasida yashovchi 26 yoshli SH.A., Buxoro shahar Shayxon ko‘chasida yashovchi 29 yoshli A.SH.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlangan.  Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.    

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!