“Hammasi kutilganidek”: AQShdagi qo‘zg‘olonlarga Rossiya sababchimi?

“Hammasi kutilganidek”: AQShdagi qo‘zg‘olonlarga Rossiya sababchimi?

Rossiyaning AQShdagi notinchliklarga hech qanday aloqasi yo‘q. Bu haqda Rossiyaning Vena shahridagi xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili Mixail Ulyanov ma’lum qildi.

“Kutilganidek, Amerika ommaviy axborot vositalari AQShdagi tartibsizliklar Rossiyaning ishtirokisiz sodir bo‘lmayotgani haqida gapira boshlashdi. Muammolarining asl sabablarini aniqlashning o‘rniga ular "aybdor" ni qidirishmoqda”, - deya ta’kidladi diplomat Barak Obama ma’muriyatining milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchisi Syuzan Raysning ayblovlariga shu tarzda javob qaytararkan.

Ma’lumot o‘rnida, ilgariroq Syuzan Rays AQShdagi tartibsizliklar ortida Rossiya bo‘lishi mumkinligini aytib, ruslar ijtimoiy tarmoqlardan foydalangan holda namoyishchilarning ikkala tomonini ham qo‘zg‘atishi mumkinligini ta’kidlangandi. Ammo so‘zlariga dalil keltirmagan.

 

 

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!