Ham hayratlanarli, ham qo‘rqinchli: erkak bir daqiqada 120 ta shamni qulog‘i bilan o‘chirdi (video)

Ham hayratlanarli, ham qo‘rqinchli: erkak bir daqiqada 120 ta shamni qulog‘i bilan o‘chirdi (video)

Xitoyning Syuanchjou shahrida yashovchi Chjan Siszyan o‘zining noodatiy qobiliyati — qulog‘i bilan shamlarni o‘chira olishini namoyish qildi, deb xabar beradi Knews.

Xitoylik bu maqsadda stetoskopdan tayyorlangan maxsus qurilmadan foydalanadi. Chjan qurilmaning bir uchini quloqlariga tiqib, ikkinchi uchini shamlarga keltiradi. So‘ngra burnini qo‘li bilan yopib, og‘zidagi havoni quloqlari orqali tashqariga chiqaradi. Erkakning aytishicha, u buni qilishga imkon beradigan fiziologik xususiyat bilan tug‘ilgan.

Siszyan namoyish vaqtida 59 soniyada 120 ta shamni o‘chira olgan. U o‘z rekordini yangilab, bir daqiqada 200 ta shamni o‘chirishni rejalashtirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!