"Hali karantin tugamadi. Lekin banklar kredit qarzlarini to‘lashni so‘rashmoqda, shu to‘g‘rimi?"

"Hali karantin tugamadi. Lekin banklar kredit qarzlarini to‘lashni so‘rashmoqda, shu to‘g‘rimi?"

Banklar koronavirus pandemiyasi oqibatida jismoniy shaxslarning kredit to‘lovlari bilan bog‘liq risklarni puxta o‘rganib chiqish asosida ularning to‘lov muddatini tomonlar kelishuviga ko‘ra, joriy yil 1 oktyabrga qadar uzaytirish amaliyotini qo‘llashmoqda. Bunda qarzdorning olayotgan daromadlari kreditning:

a) asosiy qarzni to‘lashga yetmagan taqdirda, kredit shartnomasining oxirgi muddatini mos davrga uzaytirish;

b) asosiy qarz va foiz to‘lovlarini to‘lashga yetmagan taqdirda, kreditning asosiy qarzni yuqoridagi “a” kichik bandiga asosan va hisoblangan foizlarni to‘lov muddati uzaytirilgan davrga mos ravishda uzaytirish bo‘yicha kredit shartnomasiga o‘zgartirish kiritilishi belgilangan.

Shuni alohida qayd etish lozimki, koronavirus pandemiyasi oqibatida kredit to‘lovlarini uzaytirish uchun qarz oluvchilar bankka faqatgina asoslantirilgan murojaat taqdim etishlari lozim bo‘ladi.

O‘z navbatida, respublika hududida koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib joriy etilganligi sababli jismoniy shaxslarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida banklar kredit to‘lov muddatini uzaytirish bo‘yicha murojaatlarni masofaviy qabul qilish tizimini ham (jumladan, veb-sayt, internet-banking, mobil ilova, kol-markaz va boshqalar orqali) joriy etishgan bo‘lib, bu haqida o‘zlarining veb-saytlari va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali ma’lum qilib borishmoqda.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!