Guliston tumanida "Neksiya" zovurga tushib ketdi (FOTO)

Guliston tumanida "Neksiya" zovurga tushib ketdi (FOTO)

Joriy yilning 4 yanvar kuni soat 21:05larda, Sirdaryo viloyati, Guliston tumani, Zarbdor MFY hududida, haydovchi, 1974 yilda tug‘ilgan SH.P. o‘ziga tegishli bo‘lgan "Neksiya" rusumli avtomobilda harakatlanayotib ehtiyotsizligi oqibatida boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetidagi zovurga tushib ketgan.

Guliston tumanida "Neksiya" zovurga tushib ketdi (FOTO)

Natijada, haydovchi tan jarohati olib shifoxonaga murojaat qilgan.

Hududiy IIB YHXB va FVB xodimlari tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida avtomobil zovurdan olib chiqilgan.

Guliston tumanida "Neksiya" zovurga tushib ketdi (FOTO)

Mazkur holat yuzasidan Guliston tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, hodisa sodir bo‘lish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!