Gruziyada koronavirus yangi antirekord “o‘rnatdi”

Gruziyada koronavirus yangi antirekord “o‘rnatdi”

Gruziya hukumati mamlakatda qayd etilgan kunlik antirekord haqida ma’lum qildi.

So‘nggi 24 soat ichida 1,194 ta yangi holat tasdiqlandi deya xabar berdi RIA Novosti mamlakat hukumati ma’lumotlariga asoslanib.

Gruziyalik shifokorlarning qayd etishlaricha, pandemiya boshlanganidan buyon mamlakatda COVID-19 xastaligining umumiy soni 19,857 ga o‘sgan, 158 bemor vafot etgan, shulardan 15 nafari oxirgi kun ichida qayd etilgan.

Ta’kidlanishicha, Gruziyada koronavirus infeksiyasining asosiy qismi Tbilisi va Batumi kurort shahrida tasdiqlangan.

 

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!