Gruziya hukumati Janubiy Osetiyadagi referendumni tan olmasligini ma’lum qildi

Gruziya hukumati Janubiy Osetiyadagi referendumni tan olmasligini ma’lum qildi

Gruziya hukumati Janubiy Osetiyada hududning Rossiya tarkibiga qo‘shilishi bo‘yicha o‘tkaziladigan referendumni tan olmaydi. Bu haqda «Gruzin orzusi – Demokratik Gruziya» hukmron partiyasi vakili Irakliy Kobaxidze ma’lum qildi. Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, mamlakat mazkur masalada aniq siyosiy pozisiyaga ega.

«Albatta, biz Janubiy Osetiyadagi hukumatni de fakto tan olmaymiz, u yerdagi saylovlarni ham, referendumni ham. Shu sababli bizning bu boradagi nuqtai nazarimiz aniq va ravshan. Mazkur yo‘nalishda harakatlanishda davom etamiz»,— degan Kobaxidze jurnalistlar bilan suhbatda («TASS» iqtibosi).

Janubiy Osetiya prezidenti Anatoliy Bibilov hududning Rossiyaga qo‘shilishi haqidagi rejalar haqida 30 mart kuni e’lon qilgandi. U Shimoliy Osetiya bilan bir hududga birlashish taklifini bergan. Aprelda Janubiy Osetiyada prezidentlik saylovlari o‘tkazilgan va 56,09 foiz olgan Alan Gagloyev g‘alabaga erishgan. Gagloyev Rossiyaga qo‘shilish bo‘yicha referendumni kechiktirish haqida gapirgan. Biroq Bibilov umumxalq muhokamasini 17 iyulga ko‘chirishga qaror qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!