GPS tizimidagi nosozliklarga Rossiyaning aloqasi bormi?

GPS tizimidagi nosozliklarga Rossiyaning aloqasi bormi?

Kreml GPS tizimidagi nosozliklarga Rossiyaning aloqadorligi haqida ma’lumotga ega emas. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

U barcha kerakli ma’lumotlar ekspertlar yoki Rossiya mudofaa vazirligida bo‘lishini qayd etdi.

«Hamma narsada Rossiyani ayblash tendensiyasi borligini bilasizlar. Odatda, bunday ayblovlar asosga ega bo‘lmaydi», — deb qo‘shib qo‘ydi Peskov.

Avvalroq finlyandiyalik harbiylar NATOning Trident Juncture mashg‘ulotlari vaqtida mamlakatning qutborti hududida GPS tizimi faoliyatida nosozliklar yuz berganini qayd etishgandi. Finlyandiya bosh vaziri Yuxa Sipilya mazkur navigasiya tizimi nosozliklari ortida Rossiya turgan bo‘lishi mumkinligini bildirgandi.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!