G‘ijduvon tumanida paxta xomashyosini noqonuniy oldi-sotdisi bilan bog‘liq qonunbuzarlik holati aniqlandi

G‘ijduvon tumanida paxta xomashyosini noqonuniy oldi-sotdisi bilan bog‘liq qonunbuzarlik holati aniqlandi

Katta mehnat evaziga yetishtirilgan paxta hosiliga chang solish xalq rizqiga xiyonat qilish bilan barobar.

Joriy yilning 21 sentyabr kuni G‘ijduvon tumani Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan «Paxta-2022» yig‘im terimi mavsumida paxta xom ashyosini talon-taroj qilish holatlarini oldini olish maqsadida olib borilgan tezkor tadbir davomida G‘ijduvon tumani «Vazirshoh» hamda «Chag‘dari» mahallalarida yashovchi fuqarolar “ISUZU” rusumli yuk mashinasida jami 6 000 (olti ming) kg paxta xom ashyosini yashirin ravishda olib ketayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari davomida, ushbu shaxslar paxta xom ashyosini Navoiy viloyati Qiziltepa tumani «G‘oyibon» mahallasida yashovchi fuqarodan har kilogrammini 9.000 so‘mdan sotib olib kelayotganligini bildirgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!