Germaniya Saudiyaga qurol eksportini to‘xtatdi

Germaniya Saudiyaga qurol eksportini to‘xtatdi

Germaniya kansleri Angela Merkel Saudiya Arabistoni Qoshiqchi o‘limi bilan bog‘liq ma’lumotlarni oshkor qilmas ekan unga qurol sotishni to‘xtatishini aytdi.

Buni Merkel Hessen viloyati Ortenberg shahridagi Xristian Demokratlar Ittifoqi tarafdorlari oldidagi nutqida aytdi.

Germaniya kansleri: "Istanbuldagi Saudiya konsulligida sodir bo‘lgan voqeaga nazar soling, qanchalar dahshatli. Ta’kidlab aytamanki, bu voqeani oshkor qilish kerak. Saudiya voqea bilan bog‘liq ma’lumotlarni oshkor qilmas ekan unga hech qachon qurol sotilmaydi", dedi.

Saudiya Arabistoni joriy yilda Germaniyadan qurol sotib olishda Jazoirdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.

Joriy yilning dastlabki 8 oyida Saudiya Germaniyadan 417 million yevroga yaqin mablag‘ga qurol sotib oldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!