Germaniya polisiyasi Isroilning G‘azo sektoridagi agressiyasiga qarshi namoyishni tarqatish uchun kuch ishlatdi

Germaniya polisiyasi Isroilning G‘azo sektoridagi agressiyasiga qarshi namoyishni tarqatish uchun kuch ishlatdi

Germaniya polisiyasi Isroilning G‘azo sektoridagi agressiyasiga qarshi namoyishni tarqatish uchun kuch ishlatdi.

Miting ishtirokchilari Germaniya kansleri idorasi yonida to‘planishdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan suratlarda huquq-tartibot idoralari xodimlari namoyishchilarni tarqatish va hibsga olishda o‘ta qo‘pol harakat qilganini ko‘rish mumkin. Polisiya namoyishchilarni mushtlari bilan kaltaklagan, bo‘g‘ib qo‘ygan, shuningdek, ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz purkagan.

Avvalroq Berlin polisiyasi «Falastin kongressi» deb nomlangan mitingni to‘xtatib, uni keyingi o‘tkazishni taqiqlagan edi. Polisiya tadbir o‘tkazilgan zalda elektr energiyasini uzib qo‘ygan.

Bundan tashqari, Germaniya Ichki ishlar vazirligi Gresiyaning sobiq moliya vaziri Yanis Varufakisning Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi bayonotlari tufayli Germaniyadagi siyosiy faoliyatda qatnashishni taqiqladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!