Germaniya B divizioniga tushib ketdi, Daniya esa A divizioniga chiqdi

Germaniya B divizioniga tushib ketdi, Daniya esa A divizioniga chiqdi

Millatlar Ligasining navbatdagi turidagi Niderlandiya terma jamoasi o‘z maydonida Fransiyani 2:0 hisobida mag‘lub etdi.

Natijada A divizionida mazkur jamoalar bilan kurash olib borayotgan Germaniya terma jamoasi B divizioniga tushib ketdi. Boisi Germaniya termasi hisobida 1 ochko bor va ular Niderlandiya va Fransiyani quvib o‘ta olmaydi.

19 noyabr sanasidan o‘rin olgan Germaniya—Niderlandiya uchrashuvi amalda rasmiyatchilik uchun o‘tkaziladigan bo‘ldi.

Daniya termasi esa Uelsni mag‘lub etib, B4 guruhidan A divizioniga yo‘l oldi.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!