G‘azo sektorida halok bo‘lgan falastinliklar soni 41 mingga yaqinlashdi
Isroilning G‘azo sektoridagi harakatlari natijasida halok bo‘lgan falastinliklar soni qariyb 41 ming nafarga yetdi, deb xabar berdi Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi.
7 oktabrdan beri Isroilning G‘azo sektorida olib borgan amaliyotlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 40 972 kishi halok bo‘ldi va 94 761 kishi yaralandi, dedi matbuot kotibi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida G‘azo sektorida Isroilning fuqarolik infratuzilmasiga uchta hujumi natijasida 33 kishi halok bo‘lgan, yana 145 kishi yaralangan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)