Futbol. "Nasaf" OCHLni alamli tarzda tark etdi

Futbol. "Nasaf" OCHLni alamli tarzda tark etdi

Osiyo Chempionlari Ligasining 1/8 final bosqichi javob uchrashuvi doirasida BAAning "Al-Ayn" klubi o‘z maydonida Qarshining "Nasaf" jamoasini qabul qildi.

Uchrashuvning 51-daqiqasida Akmal Mozgovoy qarshiliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan to‘rt daqiqa o‘tgan Laba muvozanatni tenglashtirdi.

Uchrashuvning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan daqiqalar o‘tib borayotganida Sofyan Rahimi "Nasaf" jamoasi darvozasini ishg‘ol etib, jamoasiga muhim bo‘lgan g‘alabani olib keldi.

Birinchi turda 0:0 hisobi qayd etilganligi sababli, "Nasaf" ikki o‘yin natijasiga ko‘ra musobaqadagi ishtirokini yakunladi.

"Al"-Ayn" (BAA) – "Nasaf" (O‘zbekiston) 2:1

21 fevral, 21.00, «Hazza Bin Zayed Stadium»

Gollar: 0:1 – 51 Mozgovoy, 1:1 – 55 Laba, 2:1 – 90 Raimi.

"Al-Ayn" – Essa, Xashemi, Otonne, Al-Balushi (Barman, 61), Pak Yen U, Nader (Muhammad Abdulloh Abbos, 87), Palasios, Muhammad, Asili (Abdulla Hasan Al Baloushi, 61), Laba, Rahimi.

"Nasaf" – Ne’matov, Rahmatov, Golban, Muxammadiyev, G‘aybullayev, Muxiddinov, Stanoyevich (Sidiqov, 63), Djigauri (Marushich, 63), Mozgovoy, Chogadze (da Silva, 82), Abdiholiqov (Akramov, 82).

Ogohlantirishlar: Al-Balushi (38), Palasios (85), Muhammad Abdulloh Abbos (90).

Birinchi o‘yin – 0:0


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!