Fuqarolarning 75 mln.ga yaqin pullarini o‘zlashtirgan 16 yoshli yigitchaning qilmishlariga chek qo‘yildi

 Fuqarolarning 75 mln.ga yaqin pullarini o‘zlashtirgan 16 yoshli yigitchaning qilmishlariga chek qo‘yildi

Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumanida yashovchi 48 yoshli (ayol) M.F. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 74,5 mln. so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent shahri, Yashnobod tumanida yashovchi 16 yoshli X.Y. sodir etganligi aniqlangan.

Unga ko‘ra, X.Y. internet foydalanuvchilariga “Telegram” messenjeri orqali turli xil mazmunidagi xabarni (havola) jo‘natib, ularni qiziqtirib, bank karta ma’lumotlarini qo‘lga kiritish orqali bank kartalarida saqlangan pullarni o‘g‘irlab, qing‘ir yo‘llar bilan boylik orttirib kelayotganligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi "a,b" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, X.Y.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!