Fransiyalik shifokor gidroksixloroxin koronavirusda xavfsiz ekanini aytdi

Fransiyalik shifokor gidroksixloroxin koronavirusda xavfsiz ekanini aytdi

Fransiyalik taniqli mikrobiolog Didye Rault koronavirusga chalinganlarni davolashda qo‘llanilayotgan gidroksixloroxin o‘lim xavfini oshirishi to‘g‘risidagi tadqiqot xulosasiga qo‘shilmasligini aytdi.

U Lancet tibbiyot nashrida e’lon qilingan tadqiqot natijalariga nisbatan ana shunday fikr bildirdi. Tadqiqot mualliflari yuzlab kasalxonalardagi 96 ming bemorning davolanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘rganib chiqib, gidroksixloroxin koronavirusga chalinganlarda o‘lim xavfini oshiradi degan xulosaga kelgandi.

Shifokorning "Tvitter"da yozishicha, u gidroksixloroxin va azitromisin birikmasidan foydalanmoqda, natijada uning Marseldagi tadqiqot klinikasida bemorlar o‘limi 0,5 foizni tashkil etmoqda. 

"Bu dunyodagi eng past ko‘rsatkich. Men klinikamizdagi 4 mingga yaqin bemorning davolanish natijalariga emas, shubhali "katta ma’lumot"ga (Big Data) ishonishim lozim deb o‘ylamasangiz kerak.  Unda davolash kurslari to‘g‘risidagi ma’lumotlar chalkashib ketgan, bemorlarga qancha miqdorda dori berilgani hisobga olinmagan", - deb yozdi Rault..

Rault shuningdek, bunday tadqiqotni o‘tkazishning o‘zi noto‘g‘ri bo‘lganligini, tadqiqot mualliflari bemorlarni shaxsan ko‘rmagani, davolash bilan bog‘liq barcha jihatlarni bilmasliklarini ta’kidladi.

Fransiyalik professorning ta’kidlashicha, agarda miqdorda qattiq adashiladigan bo‘lsa, gidroksixloroxin darhaqiqat sog‘liq uchun xavfli.

"O‘nlab yillardan beri ortiqcha muammolarsiz foydalanib kelayotgan dorilarimizni yo‘q qilib, bir necha baravar qimmat va samarasiz yangi dorilardan foydalanishimiz kerakmi?", - deya savol berdi u.

Ma’lumot o‘rnida Didye Rault yuqumli kasalliklar bo‘yicha dunyodagi taniqli mutaxassislardan hisoblanadi.  


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!