Fransiya yangi inaktivasiyalangan COVID-19 vaksinasini sinovdan o‘tkazdi

Fransiya  yangi inaktivasiyalangan COVID-19 vaksinasini sinovdan o‘tkazdi

Fransiyaning Valneva SE biotexnologik kompaniyasi yangi inaktivasiyalangan COVID-19 vaksinasi sinovdan muvaffaqiyatli o‘tganini e’lon qildi. Bu haqda kompaniya sayti xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Buyuk Britaniyada o‘tkazilgan klinik sinovlarning uchinchi bosqichida vaksina "AstraZeneca" bilan taqqoslangan va u barcha asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha ingliz preparatidan oshib ketgan.

4 mingdan ortiq odam qatnashgan sinovlar natijasi shuni ko‘rsatdiki, vaksinaning ikkinchi dozasidan ikki hafta o‘tgach, neytrallashtiruvchi antikorlarning serokonversiya darajasi 95 foizdan oshadi.

"Valneva SE" endi o‘z mahsulotidan foydalanish uchun Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya regulyatorlaridan ruxsat so‘rashni rejalashtirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!