Fors ko‘rfazi davlatlari Eron va Isroil o‘rtasidagi urushning oldini olishga harakat qilmoqda

Fors ko‘rfazi davlatlari Eron va Isroil o‘rtasidagi urushning oldini olishga harakat qilmoqda

Agentlikning Yaqin Sharqdagi manbalariga tayanib yozishicha, ushbu davlatlar bor kuchlari bilan Eronning Isroilga javob zarbasidan so‘ng mintaqada ehtimoli ortgan keng ko‘lamli urushdan qochishga harakat qilmoqdalar.

Mintaqa davlatlari, agar urush boshlansa, tez orada bu mojaroga aralashib qolishdan qo‘rqishadi. Ba’zi davlatlar geografik jihatdan ikki davlat o‘rtasida joylashgan, shuningdek, ularning hududida to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuv yuz bergan taqdirda Isroilni himoya qilishga va’da bergan AQShning bir nechta harbiy bazalari mavjud.

"Hech kim keskinlikning shu tarzda davom etishini xohlamaydi, balki javob choralarini ko‘rmasligi uchun Isroilga ham bosim o‘tkazilmoqda", — deya ta’kidladi mintaqadagi davlatlardan birining hukumat doiralariga yaqin manba.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!