Fojia! Toshkentdagi «Semashko»ning tibbiy xodimi o‘zini uchinchi qavatdan pastga tashladi

Fojia! Toshkentdagi «Semashko»ning tibbiy xodimi o‘zini uchinchi qavatdan pastga tashladi

Toshkentdagi Semashko kasalxonasida ishlaydigan 35 yoshli tibbiyot xodimi fojiali tarzda vafot etdi.

Uznews.uz ga ma’lum qilinishicha, voqea 11 fevral kuni xalq orasida Semashko nomi bilan tanilgan Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitasiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida sodir bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, marhuma1983 yilda tug‘ilgan, kasalxonada massajchi vazifasini bajargan shifokor Olesya T. bo‘lib, u tibbiy muassasaning 3-qavatidagi derazadan o‘zini pastga tashlagan. Natijada voqea joyida halok bo‘lgan. Ayni damda tekshiruv ishlari olib borilyapti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!