FIFA Braziliyani xalqaro musobaqalardan chetlatishi mumkin

FIFA Braziliyani xalqaro musobaqalardan chetlatishi mumkin

FIFA va Janubiy Amerika Futbol Konfederasiyasi KONMEBOL Braziliya terma jamoasini xalqaro musobaqalardan chetlashtirishi mumkin.

Dekabr oyi boshida Rio-de-Janeyro sudi Braziliya futbol konfederasiyasi prezidenti Ednaldo Rodrigesni o‘tgan yiligi saylovlardagi qonunbuzarliklar tufayli lavozimidan chetlatgan edi. Sud, shuningdek, vaqtinchalik bu lavozimga konfederasiya rahbari Xose Perdizni tayinladi.

FIFA bunday aralashuvni asossiz deb hisobladi. Xabarda aytilishicha, FIFA va KONMEBOL delegasiyasi 8 yanvardan boshlab yangi prezidentni saylash bo‘yicha saylov jarayonini kuzatish uchun Braziliyada bo‘ladi.

FIFA va KONMEBOL maktubida agar CBF FIFA va KONMEBOLning ruxsatisiz saylov o‘tkazsa, u qonuniy choralar ko‘rishi va oxir-oqibat to‘xtatilishi haqida ogohlantirilgan. Bunda terma jamoa va klublar xalqaro musobaqalardan chetlashtiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!