Farzandini 2 yil davomida kaltaklab kelgan buxorolik ayol qamaldi

Farzandini 2 yil davomida kaltaklab kelgan buxorolik ayol qamaldi

Buxoro viloyati, Shofirkon tumanida yashovchi ayol kichik yoshdagi farzandini 2 yil davomida muttasil kaltaklab kelgani tufayli 3 yilga qamaldi. Bu haqda bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova xabar berdi.

Qayd qilinishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Shofirkon tumani sudi ayolga nisbatan ochilgan ishni mazmunan ko‘rib chiqib, Jinoyat Kodeksining 104-moddasi 2-qismi, «v» bandi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan aybdor deb topib, 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilgan.

Ta’kidlanishicha, hozir vasiylik va homiylik organi tomonidan ayolning farzandiga nisbatan bo‘lgan onalik huquqidan mahrum qilish masalasi bilan bog‘liq tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Shofirkon tumani «Inson» ijtimoiy markazi tomonidan 6 yashar bolaga vasiy tayinlanib, uning qaramog‘iga topshirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!