Farg‘onalik erkak rahbar va uning rafiqasini pichoqladi

Farg‘onalik erkak rahbar va uning rafiqasini pichoqladi

2019 yil 19 aprel kuni Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida yashovchi I.SH. Shikorbegi ko‘chasida joylashgan Asl xususiy oshxonasi oldida o‘zaro janjal oqibatida Munavvar 2-tor ko‘chasida yashovchi, shu oshxona rahbari K.D.ning ko‘krak va o‘ng oyoq boldir qismiga hamda ularni ajratmoqchi bo‘lgan turmush o‘rtog‘i N.D.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining xabariga ko‘ra, er va xotin kasalxonaga yotqizilganlar. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, I.SH. qo‘lga olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!