Evropa Ittifoqida dori-darmon tanqisligi yuzaga kelmoqda

Evropa Ittifoqida dori-darmon tanqisligi yuzaga kelmoqda

Ayni paytda dunyo bo‘ylab koronavirus tarqalishining oldini olish bilan bir qatorda Covid-19ʼga chalingan bemorlarni davolash ham barcha davlatlar oldidagi dolzarb masala bo‘lib qolmoqda.

Germaniyaning “Velt” gazetasi yozishicha, Yevropa Ittifoqida ayni kunlarda dori-darmon tanqisligi yuzaga kelmoqda. Yevropa Ittifoqi komissiyasi Yevropadagi bir qator farmasevtika uyushmalariga yozma bayonnoma bilan murojaat qilib, YEI mamlakatlarida yaqin kunlarda Covid-19 bilan kasallangan og‘ir bemorlarni davolash uchun zarur bo‘lgan dori vositalari tugab qolishi haqida ogohlantirgan.

Bu preparatlar asosan tinchlantiruvchi, og‘riq qoldiruvchi, qayta jonlashtirish uchun zarur dori vositalari, miorelaksant va antibiotiklardir.

“Velt” gazetasi va Londondagi Jurnalistik surishtiruvlar byurosi ixtiyoridagi rasmiy murojaatda Yevrokomissiyaning sog‘liqni saqlash bo‘yicha komissari Stella Kiriakides Yevropadagi uyushmalar farmasevtika kompaniyalarini nomi keltirilgan dori vositalarini shoshilinch ravishda ko‘p miqdorda ishlab chiqarishga chaqirishini so‘ragan. Xatda bu masalalar “o‘ta shoshilinch” ijro etilishi kerak deb alohida ta’kidlangan.

EIning bir necha mamlakatlari Dori vositalari bo‘yicha Yevropa agentligiga (EMA) zaxiradagi hayotiy zarur dori-darmonlar faqat bir haftaga yetishini ma’lum qilgan. Klinikalarning murojaatida, qayta jonlantirishda zarur bo‘ladigan jami 47 turdagi dori-darmonlar o‘z nihoyasiga yetayotgani haqida aytilgan.

Intensiv terapiya bo‘limidagi Covid-19 virusi bilan zararlangan va sun’iy nafas olish apparatiga ulangan bemorlarga 50 turdagi dori-darmonlar kerak bo‘ladi, jumladan, tinchlantiruvchi dori vositalari va intubasiya jarayonida foydalaniladigan preparatlar, deyiladi yozma murojaatda.

Shuningdek, murojaatnomada Yevropa Ittifoqining ba’zi mamlakatlarida, jumladan, Ispaniya, Fransiya, Shvesiya, Finlyandiya va Avstriyada og‘ir bemorlarni davolash uchun zarur bo‘lgan dori vositalari tugab bo‘lgani alohida qayd etilgan.

Jurnalistik surishtiruvlar byurosining ma’lumotiga ko‘ra, dori vositalarining tanqisligi Covid-19 bilan kasallangan bemorlarni davolashda mavjud muqobil dori vositalaridan foydalanish zaruratiga olib keladi. Biroq, bu preparatlarning katta yoshli bemorlar salomatligi uchun kuchli nojo‘ya ta’siri bo‘lish ehtimoli yuqori.

Bu esa, o‘z navbatida, davolash sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ayniqsa, bunday preparatlarni qo‘llash narkoz uchun qo‘llaniladigan vositalar deleriyani (Alahlash, deliriy – ong o‘zgarishining bir turi, voqealarni anglash qobiliyatining buzilishi), ya’ni miya faoliyatining og‘ir ko‘rinishdagi buzilishiga, bemor ongiga, xotirasi va psixomotorikasiga nojo‘ya ta’sir qilishi mumkin.

Britaniya farmasevtika uyushmasi raisi Greg Barton jurnalistlarga bergan intervyusida bu epidemiya orqali yuzaga kelgan dori vositalari tanqisligi bemorlarni og‘riq qoldiruvchi dorilar bilan ta’minlash masalasini 20 yil “orqaga uloqtiradi”.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!