Etakchi dasturchilar yilning eng zo‘r o‘yinlari reytingini e’lon qilishdi

Etakchi dasturchilar yilning eng zo‘r o‘yinlari reytingini e’lon qilishdi

Keyingi oylarda bir qator yangi o‘yinlar taqdim etildi va dekabrgacha ular yilning eng zo‘r o‘yini nominasiyasi uchun kurashishlari turgan gap. Ammo hozircha o‘yinlar industriyasida 2018 yilning xitlari yetakchilik qilayotir.Joriy yilning 18 22 mart kunlari San-Fransisko shahrida bo‘lib o‘tgan Game Developers Conference 2019 konferensiyasida ushbu sanoat yetakchilari o‘yinlar reytingini taqdim etishdi. Anjuman doirasida tashkil etilgan Game Developers Choice Awards hakamlari ma’lum qilishlaricha, God of War barcha raqiblaridan o‘zib, dasturchilar nazdida Yilning eng yaxshi o‘yini bo‘lgan.GDC ekspertlarining izohlashlaricha, God of War sovrinni yetuk syujet, qoyilmaqom vizual effektlar va ajoyib jangovar geympley uchun olgan. 2018 yilning yana bir xit o‘yini Red Dead Redemption 2 esa Yovvoyi g‘arbning so‘nggi kunlari muhitini yarata olgani uchun maqtovga loyiq ko‘rilgan.

Shu tariqa, Game Developers Choice Awards da turli nominasiyalar bo‘yicha quyidagi o‘yinlar g‘olib deb topilgan:

  • Eng yaxshi ovoz: Celeste
  • Eng yaxshi debyut: Mountains (Florence)
  • Eng yaxshi dizayn: Into the Breach
  • Eng yaxshi mobil o‘yin: Florence
  • Asosiy innovasiya: Nintendo Labo
  • Eng yaxshi bayon: Return of the Obra Dinn
  • Eng yaxshi texnologiyalar: Red Dead Redemption 2
  • Eng yaxshi badiiy uslub: Gris
  • Eng yaxshi VR/AR o‘yin: Beat Saber
  • Tomoshabinlarga ma’qul o‘yin: Beat Saber
  • Yilning eng yaxshi o‘yini: God of War

Shuningdek, Game Developers Choice Awards marosimida o‘yin industriyasining ayrim vakillari ham taqdirlangan.

Manba: terabayt.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!