Estoniya prezidenti Ukrainadagi xiyobonni chiqindilardan tozalashda qatnashdi

Estoniya prezidenti Ukrainadagi xiyobonni chiqindilardan tozalashda qatnashdi

Estoniya prezidenti Kersti Kalyulayd Ukrainaning Dnepr shahridagi xiyobonni chiqindilardan tozalash ishlarida qatnashdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

«Bugun, Butunjahon orastalik kunida Dneprdagi shahar xiyobonini tozalashga yordam berdim», — deb yozdi Estoniya prezidenti Kalyulayd.

Estoniya davlat rahbari sayyorani keyingi avlodlarga qanday ko‘rinishda qoldirish haqida har kim o‘ylashi zarurligini qayd etib, atrofimizdagi olamni umumiy sa’y-harakatlar bilan «ozoda va go‘zal» qilishga chaqirdi.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!