Eronlik olimlarga suiqasdga uyushtirilyaptimi?

Eronlik olimlarga suiqasdga uyushtirilyaptimi?

“Reyter” agentligi xabariga ko‘ra, Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Isroilni yadroshunos olim, Eron yadro dasturi asoschilaridan biri Muhsin Faxrizodani o‘ldirishda aybladi. 

“Olimning o‘limi atom sanoatini rivojlantirishdagi yutuqlarimizni to‘xtata olmaydi”, – deb ta’kidladi davlat rahbari.

“Evronyus” xabarida aytilishicha, 2010 yildan beri yadroviy tadqiqotlar bilan shug‘ullangan eronlik besh olim suiqasdga uchradi. Dastlab 2010 yilning 12 yanvarida Tehron universitetining professori, kvant fizikasi bo‘yicha mutaxassis Mas’ud Alimuhammadiy o‘ldirilgan edi.

Eronning BMTdagi doimiy vakili Majid Taxt-Ravanchiesa esa Faxrizoda o‘ldirilgandan so‘ng Isroil va AQShni ogohlantirdi. U BMT Bosh kotibiga murojaatida Eron “o‘z xalqi va manfaatlarini himoya qilish uchun” barcha zarur choralarni ko‘rish huquqini o‘zida saqlab qolishini aytgan.

Eron Tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarif ham Faxrizodaning o‘ldirilishida Isroilning qo‘li borligi haqida o‘zining "Tvitter"dagi sahifasida yozgan edi. Shuningdek, u G‘arb davlatlarini ikki tomonlama standartlarda ayblab, xalqaro hamjamiyatni ushbu jinoyatni qoralashda birdamlikka chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, Faxrizoda Eron poytaxti yaqinidagi Absard aholi punktida uyushtirilgan hujum oqibatida halok bo‘ldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea joyida avvaliga xudkush o‘zini portlatgan, so‘ngra olimning mashinasi boshqa hujumchilar tomonidan o‘qqa tutilgan. 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!