Eronga nisbatan yangi sanksiyalarni qo‘llagani AQShning xatosimi?

Eronga nisbatan yangi sanksiyalarni qo‘llagani AQShning xatosimi?

Eronga nisbatan yangi sanksiyalarni qo‘llab AQSh xato yo‘l tutdi va ular mag‘lubiyatga uchraydi, deb bayonot berdi Eron prezidenti Xasan Ruhoniy, deyiladi Britaniyaning Reuters agentligi xabarida. 

“Agar ular chindan ham mintaqada barqarorlikka erishishni istaganlarida bunday yo‘l tutmagan bo‘lardi”, deb ta’kidlaydi Ruhoniy. 

Unga ko‘ra, Vashington butun dunyoning ko‘z o‘ngida o‘z obro‘sini to‘kdi. “Endi hammasi ayon – AQSh nomunosib va qat’iy harakatlari bilan mamlakatimiz xalqiga zarar yetkazadi”, deydi u.

Manba: O‘zA


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!