Eron rahbari AQSh va Britaniya vaksinalaridan foydalanishni taqiqladi

Eron rahbari AQSh va Britaniya vaksinalaridan foydalanishni taqiqladi

8 yanvar kuni Eronning oliy rahbari Oyatullo Ali Xumayniy mamlakat hududiga AQSh va Britaniya tomonidan ishlab chiqarilgan koronavirus vaksinalarini olib kirishni taqiqladi.

“Mamlakatga AQSh va Buyuk Britaniya vaksinalarini olib kirish taqiqlandi. Men buni hukumatga aytdim va hozir barchaga ochiq aytayapman. Men ushbu davlatlarga ishonmayman. Ba’zan ular vaksinalarni boshqa millatlarda sinab ko‘rishni xohlashadi. Agar amerikaliklar vaksina ishlab chiqarishga qodir bo‘lganlarida, hozir ularning o‘zlarida bunday og‘ir vaziyat bo‘lmasdi” deydi Xumayniy jonli efirda qilgan nutqida.

Shuningdek, Xumayniy Eronning o‘z vaksinasini yaratish borasidagi harakatlari olqishladi va “boshqa ishonchli mamlakatlardan” vaksina sotib olishi mumkinligini aytgan. U aytgan “ishonchli mamlakatlar” Rossiya va Xitoy bo‘lishi mumkin.

Yaqin Sharqda koronavirus eng ko‘p tarqalgan mamlakat hisoblanuvchi Eron dekabrning oxirida o‘zining mahalliy vaksinasini odamlarda sinashni boshladi. Eron o‘zining vaksinasi pandemiyani yengishga yordam berishiga ishonmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!