Erdog‘an: “Ayo Sofiya”ni cherkovdan emas, muzeydan masjidga aylantirdik”

Erdog‘an: “Ayo Sofiya”ni cherkovdan emas, muzeydan masjidga aylantirdik”

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an hukumat majlisida yana bir bor “Ayo Sofiya” masjidi masalasiga to‘xtalib o‘tdi. U tashqaridan bo‘layotgan tanqidlarning ortida madaniy merosni himoya qilish maqsadi emas, balki Turkiya va islom dushmanligi borligini ta’kidladi. 

“Noto‘g‘ri bir qaror bilan “Ayo Sofiya”ni muzeyga aylantirgan edik, uni yana biz qaytadan masjidga aylantirdik”, – dedi u. 

Prezidentning aytishicha, Turkiyada har 460 g‘ayrimusulmonga bitta ibodatxona, Yevropada esa o‘rtacha har 2 ming musulmonga bitta masjdi to‘g‘ri keladi. 

“Er ostida yotgan millionlab ajdodimiz, yer ustidagi 83 milllion aholi oldidagi mas’uliyatimizni ado etganimizdan xursandmiz”, – dedi Erdog‘an. 

Eslatib o‘tamiz, “Ayo Sofiya” 1934 yilda, Turkiyaning birinchi prezidenti Mustafo Kamol Otaturkning davrida masjiddan muzeyga aylantirilgan edi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!