Eng ko‘p haq to‘lanadigan aktrisa ma’lum bo‘ldi

Eng ko‘p haq to‘lanadigan aktrisa ma’lum bo‘ldi

Amerikalik aktrisa Skarlett Yoxansson 2018 yilning eng ko‘p haq to‘lanadigan aktrisalari ro‘yxatida yetakchilik qilmoqda, deya xabar berdi Lenta.ru nashri.

Ro‘yxat “Forbes” jurnali tomonidan e’lon qilingan.

12 oy ichida 33 yoshli aktrisa 40,5 million dollar pul ishlagan. Uning daromadlari “Qasoskorlar 4” filmidagi ishtirokidan so‘ng to‘rt barobarga ko‘tarilgan.

Ikkinchi o‘rinda “Malifisenta 2” filmi uchun 28 millino dollar haq olgan aktrisa Anjelina Jolidir.

Uchinchi o‘rin esa 19,5 million dollar daromad topgan aktrisa Jennifer Enistonga nasib etdi.

Ro‘yxatning kuchli o‘ntaligiga Jennifer Lourens, Riz Uizerspun, Keyt Blanshett, Gal Gadot, Juliya Roberts, Mila Kunis va Melissa Makkartnilar ham kirdi.

Manba: darakchi.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!