Endi robot uchun yuz qiyofangizni 125 ming dollarga sotishingiz mumkin

Endi robot uchun yuz qiyofangizni 125 ming dollarga sotishingiz mumkin

Robototexnika yaratadigan xorijiy kompaniya "robotga yuzini berishni" istaganlarga taklif qiladi va buning evaziga 125 ming dollar to‘lashga tayyor. Bunday nomaqbul reklama Geomiq platformasida paydo bo‘ldi, deb yozadi kyky.org.

E’londa ta’kidlanishicha, kompaniyaga robotning yuziga aylanadigan "do‘stona" kishi kerak. Barcha tashkilotchilar ma’qullagandan so‘ng, ko‘ngillining yuzi dunyo bo‘ylab robotlarning minglab versiyalari yuziga aylanadi.

“Biz bilamizki, bu eng ko‘p uchraydigan talab emas va lisenziyani shaxsga topshirish jiddiy qaror. Shuning uchun biz kerakli odamni topish uchun ommaviy chaqiriq qilamiz. Dizaynerlar bu katta narsa ekanligini tushunishadi va katta pul to‘lashga rozi bo‘lishadi ", deyiladi blogda.

Qayd etilishicha, kelasi yildan chiqarila boshlanadigan robotlar ommaga taqdim etiladi. Loyiha bo‘yicha ishlar besh yildan beri davom etmoqda.
Loyihada ishtirok etishni istaganlar fotosuratlarini face@geomiq.com manziliga yuborishlari mumkin. Xabar berishlaricha, tanlovdan o‘tganlar ushbu loyiha haqida barcha ma’lumotlarni olishadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!