Endi patent uchun rus tili imtihonini O‘zbekistonda topshirish mumkin

Endi patent uchun rus tili imtihonini O‘zbekistonda topshirish mumkin

Bundan buyon Rossiyada patent olish uchun kerak bo‘ladigan "Rus tili va Rossiya qonunchiligi asoslari" bo‘yicha imtihonni O‘zbekistonda topshirish mumkin bo‘ladi, deb xabar qilmoqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi. 

"Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimidagi respublikaning barcha hududlarida joylashgan o‘quv markazlarida rus tiliga o‘qitish bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etilgan. Siz ushbu kurslarda o‘qish davomida rus tilini o‘rganish bilan birga, Rossiyada patent olish uchun kerak bo‘lgan maxsus sertifikatni qo‘lga kiritishingiz mumkin", - deyilgan agentlik xabarida. 

Eslatib o‘tamiz, 20-23 noyabr kunlari O‘zbekistonga Moskva Migrasiya markazi rahbariyati delegasiyasi tashrif byurgan edi. Ular Toshkentdagi "Ishga marhamat" monomarkaziga tashrif buyurib, O‘zbekiston Mehnat vazirligi vakillari bilan mehnat migrasiyasi borasida muzokaralar o‘tkazishgan edi.  

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!