Elmira Rahimjonova xalqaro festivalda «Eng yaxshi ayol roli uchun» nominasiyasi g‘olibi bo‘ldi

Elmira Rahimjonova xalqaro festivalda «Eng yaxshi ayol roli uchun» nominasiyasi g‘olibi bo‘ldi

Olmaotada bo‘lib o‘tgan «Bastau International Film Festival VI»da «Turon» teatr-studiyasi aktrisasi Elmira Rahimjonova «Eng yaxshi ayol roli uchun» nominasiyasida g‘olib bo‘ldi, deb xabar berdi Turon 24.

Festivalda O‘zbekiston nomidan Botir Abdurahmonov hamda Abduazim Ilhomjonovlar «Ona» nomli filmi bilan ishtirok etgan edi. Festival yakuniga ko‘ra «Ona» filmi bosh rol ijrochisi Elmira Rahimjonova «Eng yaxshi ayol roli uchun» mukofotiga loyiq ko‘rildi.

Festivalda Yevropa, Osiyo va Amerikada 2017—2018 yillarda ishlab chiqilgan qisqa metrajli badiiy, hujjatli va animasion filmlar qo‘yildi.

Ushbu festival xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, madaniy almashuv va yosh kinematograflar o‘rtasida ijodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish uchun o‘tkazib kelinmoqda.

Festival doirasida Yevropa, Osiyo va Amerikaning taniqli kinematograflari ishtirokida mahorat darslari, davra suhbatlari ham o‘tkazildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!