Elektron kundalik uchun to‘lov bolaning bepul ta’lim olish huquqini cheklamaydimi?

Elektron kundalik uchun to‘lov bolaning bepul ta’lim olish huquqini cheklamaydimi?

Xalq ta’lim vazirligi axborot xizmati rahbari Laylo Rustamova (AOKAdagi brifing):

— Yo‘q, cheklamaydi.

Sababi, kundalik yoki boshqa o‘quv anjomlari maktab tomonidan bepul berilmaydi; ota-onalar har doim o‘z farzandlari uchun zarur bo‘lgan barcha narsalarni o‘zlari xarid qilib kelishgan.

Elektron kundalikning joriy etilishi bilan qog‘oz kundalikdan voz kechilmoqda. Bunda qog‘ozli kundalikning o‘rtacha bahosi hisobi olinib, uning elektron muqobiliga yillik obuna — 9200 so‘mga baholanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!