Eksportga ko‘maklashuvchi 6 ta logistika markazi ishga tushdi

Eksportga ko‘maklashuvchi 6 ta logistika markazi ishga tushdi

Surxondaryoda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining eksportiga ko‘maklashuvchi 6 ta logistika markazi ishga tushirildi. Ushbu logistika markazlarida barcha qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sifati, yaroqlilik muddati avvalo zamonaviy talablar asosida fitonazorat tekshiruvidan o‘tkaziladi.

Muzrabot tumanida tashkil etilgan eksportga ko‘maklashuvchi shunday logistika markazida dastlabki 10 ming tonna ertaki piyoz eksportga tayyorlanmoqda.

— Ilgari yetishtirgan mahsulotlarimizni Sirdaryo viloyatidan eksportga chiqarardik, bu esa bizga katta qiyinchilik tug‘dirishi bilan birga ortiqcha xarajatni ham talab qilardi, — deydi tadbirkor Olim Xurramov. — Endi tumanimizning o‘zidan mahsulotlarni eksportga yo‘naltiramiz. Bojxona, transport, karantin va boshqa zarur xizmatlar shu yerning o‘zida tashkil etilgan.

Ma’lumot o‘rnida: Surxondaryo viloyatida 2023 yilda 276 ta eksportyor korxona tomonidan 28 ta davlatga 143 turdagi 233 million 700 ming AQSh dollariga teng sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti amalga oshirilgan. Joriy yilda esa 230 million AQSh dollarlik sanoat, 270 million AQSh dollariga teng meva va sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorga chiqarish rejalashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!