Ekspert inqiroz paytida pulni qayerga qo‘yish haqida maslahat berdi

Ekspert inqiroz paytida pulni qayerga qo‘yish haqida maslahat berdi

Koronavirus pandemiyasi dunyoda moliyaviy inqirozni keltirib chiqardi. Bunday vaziyatda aholi jamg‘armalarni qayerga qo‘yish kerak? Rossiya kriptovalyuta va blokcheyn assosiasiyasi muassisi Aleksandr Treshev Sputnik radiosiga intervyu berib, bu borada o‘zining maslahatini berib o‘tdi.

Butun dunyoda koronavirus sababli murakkab iqtisodiy vaziyat yuzaga kelmoqda. Odamlar pul jamg‘armalarini yo‘qotmaslik uchun, ularni qayerga qo‘yish haqida bosh qotirmoqda. Albatta, klassik usullar (valyuta, qimmatbaho metallar, bank jamg‘armalari, aksiya, obligasiya) haqida ham o‘ylamoqda, shu bilan birga, yangi variantlarni ham esdan chiqargani yo‘q. Masalan, kriptovalyuta haqida. Biroq, hozirda kriptovalyuta yovvoyi bozor hisoblanadi, bunda bir kishi boyib ketishi, ko‘pchilik pullarini boy berishi mumkin.

“Hozir odamlarga pullarini kriptovalyutaga sarf qilishni tavsiya etmayman, chunki boshqa istalgan rivojlanayotgan bozorlar singari, bu yerda ham haqiqiy natijalardan ko‘ra, ko‘pik ko‘proq. Bugungi kunda kriptovalyuta pullarni saqlaydigan va ko‘paytiradigan tinchgina sohil, deb o‘ylamayman. Biz ICO bozorini yaxshi eslaymiz, unda 90 foizdan ko‘p ishtirokchilar firibgar bo‘lib chiqqandi. Ular bozordagi barcha pullarni yig‘ib, kapitalini ko‘paytiraman deb mablag‘ qo‘yganlarni loyihalarsiz va pullarsiz qoldirgandi“, — dedi Aleksandr Treshev.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!