Dunyodagi eng qimmat Yangi yil archalari

Dunyodagi eng qimmat Yangi yil archalari

Dunyodagi eng qimmat Yangi yil archalari ko‘p hollarda sun’iy bo‘ladi. Insonlar hamisha tabiat tomonidan yaratilgan narsalarni mukammallashtirish uchun harakat qilib kelgani rost. Jahonning eng mashhur dizaynerlari bu borada o‘z mahoratlarini imkon qadar namoyish qilishga urinadi. Dunyodagi eng qimmat archalar bugungi kunda qayerda saqlanadi va ular qanday ko‘rinishga ega? Quyida shu haqda bilib olasiz.

Sofitel mehmonxonasidagi qora rangli archa - 55 000 dollar

Londonda joylashgan Sofitel mehmonxonasining taniqli archasi 200 ta oltin butilkalar bilan bezatilgan bo‘lib, ularning har biriga oliy sifatli ichimliklar to‘ldirib chiqilgan.

Archa qo‘l mehnati asosida billur buyumlar dizayneri tomonidan yaratilgan. Archani yagona nusxadagi betakror qandil yoritib turadi.

Ginza Tanaka zargarlik do‘koni archasi - 468 000 dollar

Tokiodagi Ginza Tanaka zargarlik do‘koni xodimlari ham, uning rahbari ham tilla buyumlarni juda yaxshi ko‘rishadi. Do‘konga joylashtirilgan antiqa archa uchun esa 12 kg sof oltin sarf etilgan.

Tilla archaning o‘ziga xos bezaklari har bir insonni hayratga solib qo‘yishga qodir.

"Soo Kee Diamond Tree" zargarlik do‘koni archasi - 1 mln dollar

Dunyodagi eng qimmatbaho archalarning yana biri Singapurda joylashgan bo‘lib, uni Burgis Junction savdo markazidan topishingiz mumkin. Markaz ma’muriyati dizayner Su Ki janoblariga mutlaqo yangi g‘oya o‘ylab topish kerakligi haqida aytgan. 6 metrli va og‘irligi 6 tonnaga teng keladigan archa umumiy og‘irligi 913 karatga teng bo‘lgan 21 798 ta olmos bilan bezatilgan. Tomoshabinlar olmoslarni yanada aniqroq ko‘rishi uchun archaga 500 ta lampochka o‘ranatib chiqilgan.

Kapitoliy yonidagi ulkan archa - 1 mln dollar

Ushbu archa tabiiy bo‘lgani sababli ham uning balandligi 20 metrdan oshadi. Archa minglab chiroqlar bilan bezatilgan, ammo Kapitoliy archasida birorta ham olmos yoki tilla bo‘lagi ko‘zga tashlanmaydi.  Archa tabiiy bo‘lgani uchun mutlaqo o‘zgacha ko‘rinish kasb etgan.

"Takashimay" univermagidan "Roza-mini" archasi - 1,8 mln dollar

"Takashimay" univermagi odamlarni lol qoldirishning butunlay o‘zgacha usulini o‘ylab topdi. Ushbu archa balandligi atigi 40 santimetrni tashkil qiladi, xolos. U atirgullardan tashkil topgan kichik dasta shaklida bo‘lib, gullarning yaproqlariga Avstraliya va Afrika olmoslari bilan ishlov berilgan.

Svarovski Kristal archasi - 1,8 mln dollar

Ushbu betakror archa har yili Gongkong aeroportining markaziy zaliga o‘rnatiladi. Uning balandligi 16 metrga teng bo‘lib, daraxt 20 millionta mayda oltin zarralari va Avstriyadan olib kelingan Svarovski toshlari bilan bezatilgan.

Emiratej Palac mehmonxonasidagi ulkan archa - 11,4 mln dollar

2010 yili insoniyat tarixidagi eng qimmatbaho archa Abu-Dabi shahridagi Emiratej Palac Xotel binosida qad ko‘tardi. Daraxtning umumiy qiymati bir necha ming dollarga teng bo‘lgan, qolgan pullar esa archani bezash uchun xizmat qilgan olmoslar, tilla, marvarid, sapfir va zumrad toshlari uchun ishlatilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!