“Dog‘iston muftiyatining bayonotini tushunmadim..."

“Dog‘iston muftiyatining bayonotini tushunmadim..."

Volgabo‘yi musulmonlari diniy boshqarmasi boshlig‘i, muftiy Muqaddas-hazrat Bibarsov Dog‘iston muftiyatining niqobni vaqtinchalik taqiqlovchi fatvosini tanqid qilib, sodir bo‘layotgan voqealarni “musulmonlar mavzusini qo‘zg‘atish va silkitish” deb atadi.

“Dog‘iston muftiyati mamlakatdagi diniy vaziyatni chayqatayotganlarning yo‘l-yo‘rig‘iga ergashgani juda achinarli...” deb yozadi Rossiya islom ruhoniylari vakili.

“Dog‘iston muftiyatining bayonotini tushunmadim... Mamlakat uchun shunday og‘ir bir paytda niqob masalasini ko‘tarish qanchalik maqsadga muvofiq? – degan savolni o‘rtaga tashladi Volgabo‘yi Musulmonlar diniy boshqarmasi rahbari. – Musulmon mavzusi qo‘zg‘atilayotgani, silkitilayotganini ko‘ryapmiz. Bu kimga kerak?”

Bibarsovning ta’kidlashicha, 146 million Rossiya fuqarolari orasida niqob kiyganlar juda ozchilikni tashkil etadi: “Bizda eng muhim muammo shumi, 146 milliondan bir necha yuz yoki hatto bir necha ming kishining yuzini qoplaydigan kiyim elementini taqiqlash shartmi?”

May oyi oxirida Tatariston muftiysi Komil Samigullin ham xuddi shunday fikrni bildirib, niqoblar haqidagi muhokamani «ahamiyatsiz» va kiyimning an’anaviy elementini taqiqlash istagini “islomofobik hujum” deb atagan edi. Samigullinning ta’kidlashicha, taqiq radikalizmga qarshi kurashda "hech qanday yordam bermaydi", lekin "bu Rossiyaga qarshi axborot urushini kuchaytirish uchun sabab bo‘lishi mumkin".

Avvalroq, dushanba kuni Dog‘iston muftiysi Ahmad Abdullayev niqobni vaqtinchalik taqiqlash bo‘yicha fatvo chiqarilishini e’lon qilib, "ayollarni uyda o‘tirishga" chaqirgan, chorshanba kuni esa Shimoliy Kavkaz respublikasi diniy boshqarmasi niqobni vaqtinchalik taqiq bo‘yicha fatvo berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!