SHHT Bosh kotibi Pezeshkiyonni tabrikladi

SHHT Bosh kotibi Pezeshkiyonni tabrikladi

Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Chjan Min Eron Islom Respublikasining yangi Prezidenti etib saylangan Mas’ud Pezeshkiyonni qutladi.

– Sizni saylovdagi yuksak g‘alabangiz bilan chin qalbimdan tabriklayman, – dedi u. – Ishontirib aytamanki, SHHT kotibiyati eronlik hamkasblar bilan birga global barqarorlik, mintaqaviy xavfsizlikning asosiy kafolati, mamlakatlarimiz muvaffaqiyati uchun o‘zaro manfaatli hamkorlik mexanizmini rivojlantirishga sodiq.

Fursatdan foydalanib, saylangan Prezidentga barqarorlik, cheksiz kuch-quvvat, kasbiy muvaffaqiyat, mamlakat manfaati yo‘lida g‘alaba, Eronning tinchlik sevar xalqiga farovonlik tilashga ijozat bergaysiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!