Davlat korxonasi xodimlari karantin davrida uydan turib mehnat faoliyatini yuritishi mumkinmi?

Davlat korxonasi xodimlari karantin davrida uydan turib mehnat faoliyatini yuritishi mumkinmi?

Ayni daqiqalarda AOKA huzuridagi shtabda Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i Sevara O‘rinboyeva  ishtirokida brifing o‘tkazilmoqda

Brifing UzReport telekanali orqali efirga uzatilmoqda. 

Savol: Davlat korxonasi xodimlari karantin davrida uydan turib mehnat faoliyatini yuritishi mumkinmi? Bu borada jahon tajribasi qanaqa?

Javob: “Koronavirus pandemiyasi va global inqirozli hodisalarning iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident Farmonida ham bu masala alohida qayd etildi.

Unga ko‘ra, karantinga oid choralar amal qilishi davrida ish beruvchilar xodimlarni, ayniqsa homilador ayollar, keksalar, imkoniyati cheklangan hamda surunkali kasallikka chalingan shaxslarni, ularning roziligi bilan, masofadan turib ishlash usuliga, qulay ish grafigiga yoki uydan turib ishlashga o‘tkazishlari mumkin.

Mehnat kodeksida ham bu masala taqiqlanmagan.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!