Davlat Dumasi sudlangan barcha muhojirlarni Rossiyadan chiqarib yuborishni taklif qildi

Davlat Dumasi sudlangan barcha muhojirlarni Rossiyadan chiqarib yuborishni taklif qildi

Rossiyadan sudlangan barcha muhojirlarni chiqarib yuborish tashabbusi Davlat Dumasiga kiritiladi.

Bu haqda Davlat dumasining Davlat qurilishi va qonunchilik qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Avksentiyeva o‘zining TG kanalida ma’lum qildi.

«Mening fikrimcha, sudlangan barcha muhojirlar, shu jumladan, sudlanganligi olib tashlanganlar ham yashash ruxsatnomalaridan mahrum qilinmasdan chiqarib yuborilishi kerak», dedi u.

Avksentiyevaning tushuntirishicha, Rossiyaning amaldagi qonunchiligi xorijliklarga sudlanganlik muddati tugagandan keyin Rossiyaga kirishga ruxsat beradi.

23 avgust kuni Volgograd viloyatidagi 19-sonli axloq tuzatish koloniyasida mahkumlar tartibsizlik uyushtirishdi. Intizomiy komissiya yig‘ilishida ular xodimlarni garovga olishdi. Taxminlarga ko‘ra, bunda O‘zbekiston va Tojikiston vatandoshlari ishtirok etgan. Natijada 4 nafar koloniya xodimi halok bo‘lgan, barcha 4 mahkum zararsizlantirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!