Dahshatli avtofalokatdan so‘ng ona-bolaning ahvoli og‘irligicha qolmoqda (video)

Dahshatli avtofalokatdan so‘ng ona-bolaning ahvoli og‘irligicha qolmoqda (video)

Tokioning markaziy tumanlaridan birida axlat tashuvchi mashina YTH sodir etdi. U yengil mashina bilan to‘qnashganidan keyin piyodalar o‘tish yo‘lakchasida bir nechta odamni urib ketgan. Bu haqda Mayniti gazetasi yozmoqda.

Fojia oqibatida 9 kishi jarohatlangan. Ular orasida 20 yoshli ona va uning bolasi ham bor. Mahalliy OAVning yozishicha, ikkalasi ham hushsiz va ahvoli ayni damda og‘irligicha qolmoqda. Hozirda voqea joyida polisiya tekshiruv ishlarini olib boryapti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!