Chol ijtimoiy tarmoq tufayli yuzaga kelgan janjal oqibatida o‘z kampirini o‘ldirdi

Chol ijtimoiy tarmoq tufayli yuzaga kelgan janjal oqibatida o‘z kampirini o‘ldirdi

85 yoshli erkak ijtimoiy tarmoq tufayli kelib chiqqan mojaro sababli 76 yoshli xotinini o‘ldirdi. Malumotlarga ko‘ra, bu juftlik 50 yildan buyon birga yashab kelayotgan edi.
 
Germaniyada istiqomat qiluvchi juftlik o‘tgan hafta Istanbul shahriga sayohat uchun boradi. Ularga telefon orqali bog‘lana olmagan qarindoshlari Yeniko‘y tumanidagi uyiga borganda, chol va kampirning qonga belanib yotganini ko‘radi.
 
Yuragiga pichoq urilgan Esma kasalxonada vafot etadi. O‘zini o‘ldirish uchun tomirini kesgan Bilol esa shifokorlarning say harakati sababli tirik qoladi.
 
Bilol o‘z xotinini o‘ldirganiga iqror bo‘ldi. Uning aytishicha, Esma turmush o‘rtog‘ini ijtimoiy tarmoqlarda kimdir bilan tanishganini va unga xiyonat qilayotganini aytib, bundan buyon eriga ishonmasligini takidlaydi. Shundan so‘ng janjal ko‘tarilib, Bilol o‘z xotinini pichoqlaydi.
 
Polisiya voqea yuzasidan tergov ishlarini olib bormoqda.

Manba: qalampir. com


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!