Chempionlar Ligasi tarixida birinchi marta hakamlar hay’atini ayol kishi boshqaradi

Chempionlar Ligasi tarixida birinchi marta hakamlar hay’atini ayol kishi boshqaradi

Fransiyalik Stefani Frappard "Yuventus" hamda "Dinamo" o‘rtasidagi Chempionlar Ligasi o‘yiniga bosh hakam etib tayinlandi.

Bu haqda Yevropa futbol assosiasiyalari ittifoqi (UYEFA) saytida xabar berildi.

Ta’kidlash joizki, bungacha ayollar hech qachon Yevropaning asosiy klublar musobaqasida ishtirok etishmagan.

"Yuve" va kiyevliklar o‘rtasidagi uchrashuv 2 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!