Chegarani kesib o‘tayotgan razvedka apparati urib tushirildi

Chegarani kesib o‘tayotgan razvedka apparati urib tushirildi

Hindistonning uchuvchisiz boshqariluvchi razvedka apparati Pokiston armiyasi tomonidan Kashmir nazorati chizig‘ida urib tushirildi.

O‘zA Pokistonning Samaa TV axborot manbasiga tayanib xabar berishicha, mamlakat jamoatchilik bilan ishlash masalalari bo‘yicha mahkamalararo xizmati rahbari general-mayor Asif G‘afur bu haqda o‘zining Tvitter dagi sahifasida ma’lumot bergan.

Uchuvchi apparat chegarani kesib o‘tganidan keyingina urib tushirilgan. Hindiston tomoni hodisaga nisbatan munosabat bildirmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!