Buyuk Britaniya Ukrainaning yangi prezidentini Rossiyaga qarshi kurashishga chaqirdi

Buyuk Britaniya Ukrainaning yangi prezidentini Rossiyaga qarshi kurashishga chaqirdi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Ukrainaning yangi saylangan prezidenti Vladimir Zelenskiyni o‘z mamlakatiga imkon bo‘lgani hamono safarga taklif qildi. Bu haqida Buyuk Britaniya hukumati matbuot xizmati xabar bergan.

Mey va Zelenskiy kecha, 23 aprelda telefon orqali muloqot qilgan. Bosh vazir prezidentni saylovdagi g‘alaba bilan qutlagan.

Mey Buyuk Britaniya va Ukraina hamkorligini kengaytirish, xususan, Rossiya tajovuzini ushlab turishda xalqaro hamjamiyat bilan birga ishlash taklifini bildirgan. Bosh vazir shu bilan birga Buyuk Britaniya Ukrainaning suvereniteti va xududiy yahlitligini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Suhbat davomida har ikki tomon yaqin hamkorlik qilishga kelishib olgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!