Buyuk Britaniya 1 iyundan boshlang‘ich maktablarni qayta ochishga ruxsat berishi mumkin

Buyuk Britaniya 1 iyundan boshlang‘ich maktablarni qayta ochishga ruxsat berishi mumkin

Buyuk Britaniya Angliya va Velsdagi boshlang‘ich maktablarning 1 iyun kuni qayta ochilishiga ruxsat berishi mumkin. Bosh vazir Boris Jonson bu masala bo‘yicha rejalarni muhokama qilmoqda, deya xabar berdi Telegraph gazetasi.

The Sunday Times gazetasining yozishicha, Buyuk Britaniyada bu haftada karantin cheklovlari birozgina yegillatiladi xolos. Unga ko‘ra, qurilish maydonlari qayta ochilishiga, odamlarning ochiq havoda yurishiga ruxsat beriladi. Ammo, aholidan jamoat transportida niqoblar taqish so‘raladi.

Eslatib o‘tamiz, SARS-CoV-2 virusini yuqtirganlar soni bo‘yicha Buyuk Britaniya to‘rtinchi o‘rinda. 183,5 ming odamdan 28,2 ming kishi vafot etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!