Buxoro shahar “To‘qimachi” bozoridagi o‘g‘rilar qo‘lga olindi

Buxoro shahar “To‘qimachi” bozoridagi o‘g‘rilar qo‘lga olindi

Sudlanuvchi N.A.N. qasddan jinoyat sodir qilish yo‘liga o‘tib, tanishi M.A.K.bilan oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lib, o‘zganing mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilishni ko‘zlaydi.

Shu maqsadda, 2019 yil 21 oktyabr kuni soat 23:00larda fuqaro O‘.Z.SH. rahbarlik qilib kelayotgan Buxoro shahridagi “...” MCHJga tegishli go‘sht mahsulotlari saqlash uchun mo‘ljallangan muzlatkichlarga o‘rnatilgan har birining bahosi 1.000.000 so‘mdan 2 dona “BK” rusumli kondisionerlarni yashirin ravishda talon-toroj qilib, jabrlanuvchi Z.O‘rinovga 2.000.000 so‘m moddiy zarar yetkazib, o‘g‘rilik jinoyatini sodir qilganlar.

Bundan tashqari, sudlanuvchi N.A.N. qasddan jinoyat sodir qilish yo‘liga o‘tib, tanishi M.A.K.bilan o‘zlarining jinoiy harakatlarini takroran davom ettirishadi. Ular o‘zaro oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lib, o‘zganing mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, 2019 yil 4 dekabr kuni soat 23:30larda fuqaro B.M.D.ga tegishli Buxoro shahar ... ko‘chasi 5G-uyning oldidagi poliz ekinlarni saqlash uchun mo‘ljallangan muzlatkich yonidagi stol ustida turgan har birining bahosi 1.500.000 so‘mdan 2 dona “BK” rusumli kondisionerlarni yashirin ravishda talon-toroj qilib, jabrlanuvchi M.B.ga 3.000.000 so‘m miqdorda moddiy zarar yetkazib, takroran o‘g‘rilik jinoyatini sodir qilganlar.

Sudlanuvchi N.A.N. sud majlisida, aybiga to‘liq iqrorlik bildiradi. U dastlabki tergovdagi ko‘rsatuvlarini to‘liq tasdiqlashini, M.A.ni bir necha yildan buyon tanishini, 2019 yil 21 oktyabr kuni o‘rtog‘i A.M. bilan aylanish uchun Buxoro shahar ... bozoriga borishganligini, bozorni ko‘rib bo‘lgach, bozordan keyin joylashgan bir qassobxona tomon borishganligini, ushbu qassobxonaning tashqi tomonida muzlatgichlarning kondisionerlari turganligini, so‘ng ular ikkalasi o‘sha muzlatgichlarning kondisionerlarini o‘g‘rilab sotishga kelishib olishganligini, o‘rtog‘i A.M.bilan qassobxona yopilishini kutib, qarab turishganligini, bu orada ular bozordan bir dona temir ombur sotib olishganligini, ombur kondisionerlarning tokini uzishda ishlatish uchun olishganligini, shu kuni soat 20:00larda qassobxonadagi ishlovchilar ketganligini va biror kishi qolmaganligini, ular ikkalasi yon atrofga qarab turishganligini, soat 23:00larga borib, u yerda biror kishi qolmaganligini, shundan so‘ng ular ikkalasi birga qassobxona yoniga borib, tashqirida turgan bir nechta muzlatgichlarni ko‘rib chiqishganligini, mazkur muzlatgichlarning har birida ikki donadan kondisionerlar bo‘lganligini, muzlatgichlardan ikkitasi ishlamay turganligini, ular o‘sha ikkita muzlatgichning kondisioneri tokini qo‘lidagi o‘sha ombur bilan kesganligini, o‘rtog‘i A.M. uzilgan kondisionerni chekka joyga olib qo‘yganligini, keyin u qo‘lidagi ombur orqali ikkinchi muzlatgichning kondisionerini tokini kesib, o‘rtog‘i A.M. bilan ikkalasi kondisionerini chekkaroq joyga olib qo‘yishganligini, ular olgan kondisionerlar “BK” rusumdagi kondisionerlar bo‘lganligini, ular o‘g‘rilik qilishayotganligini biror kishi ko‘rmaganligini, o‘rtog‘i A.M. bilan o‘sha 2 ta kondisionerni ko‘tarib yo‘lga olib chiqib, yo‘lovchi taksi avtomashinasida o‘zining ... tumanidagi yashash uyiga eltishganligini, uyga kirishdan oldin ushbu o‘g‘irlab kelgan ikki dona kondisionerlarni yashirib qo‘yishganligini, keyin uyiga kirib uxlaganligini, o‘rtog‘i A.M. ham uyiga ketganligini, ertasi kuni u kondisioner sotib oladigan kishini so‘rab-surishtirganligini, shunda u ... tumanida yashovchi P.SH. eski kondisionerlarni sotib olishidan xabar topganligini, ertasi kuni u o‘rtog‘i A.M. bilan SH.P.ga qo‘ng‘iroq qilib, ikki dona eski kondisionerni sotmoqchi ekanligini ma’lum qilganligini, ular uchrashishga kelishib olishganligini, shu kuni u o‘rtog‘i A.M. bilan yo‘lovchi taksi avtomashinasida o‘zlari o‘g‘irlagan 2 ta kondisionerlani ... tumaniga olib borishganligini, ular SH.P. bilan uchrashib, o‘ziga tegishli kondisionerlarni sotishni aytganligini, SH.P. kondisionerlar qayerdan kelganligini, o‘g‘rilangan yoki yo‘qligini so‘raganligini, shunda ular SH.P.ga kondisionerlar o‘zlariga tegishli ekanligini, pul zarur bo‘lganligi uchun sotayotganliklarini ma’lum qilishganligini, SH.P. ishonib, kondisionerlarni sotib olishga rozi bo‘lib, o‘sha 2 dona “BK” rusumli kondisionerning har biriga 230.000 so‘mdan berishini bildirganligini, ular bunga rozi bo‘lib, kondisionerlarni berishganligini, SH.P. ularga har bir dona kondisioner uchun 230.000 so‘mdan jami 460.000 so‘m berganligini, ular SH.P.dan olgan 460.000 so‘m pulni teng 230.000 so‘mdan bo‘lib olishganligini, u mazkur pullarni o‘z ehtiyojiga sarflaganligini, bundan tashqari, 2019 yil 4 dekabr kuni u o‘rtog‘i A.M. bilan Buxoro shahriga kelishganligini, ular ikkalasi Buxoro shahar eski ... bozori yonida bir xonani ko‘rishganligini, mazkur xona qo‘lbola muzlatgich qilib tayyorlanganligini, xonaning tashqi tomonida ikki dona kondisioner o‘rnatilganligini, shunda ularda kondisionerlarni o‘g‘rilash fikri tug‘ilganligini, ular yon atrofni kuzatib, odam qolmasligini kutib turishganligini, soat 23:00larga borib, atrofda biror kishi qolmaganligini, o‘rtog‘i A.M. muzlatgich oldiga borib ko‘rganda, muzlatgich o‘chirilgan holatda bo‘lganligini, keyin o‘sha o‘zlari bilan olib kelgan ombur orqali muzlatgichning tashqi tomonidagi ikki dona kondisionerlarning tokini kesib, yo‘lga olib chiqishganligini, ular “BK” rusumli kondisionerlar bo‘lganligini, so‘ng yo‘lovchi taksi avtomashinasida o‘sha kondisionerlarni o‘zi yashaydigan uyga olib borganligini, o‘g‘rilangan 2 ta kondisionerni yashirib qo‘yishganligini, ertasi kuni o‘rtog‘i A.M. bilan birga kondisionerlarni sotish maqsadida ... tumaniga SH.P.ga olib borishganligini, SH.P. ushbu kondisionerlar haqida surishtirib, o‘g‘rilangan yoki yo‘qligini so‘raganligini, shunda ular SH.P.ga kondisioner o‘zlariniki ekanligini, pul zarur bo‘lganligi uchun sotayotganliklarini aytishganligini, SH.P. bu 2 ta kondisionerga ham 230.000 so‘mdan jami 460.000 so‘m berganligini, u o‘rtog‘i A.M. bilan teng qilib, 230.000 so‘mdan olishganligini, u olgan pulni o‘z ehtiyojlariga sarflaganligini, keyin uni IIBga chaqirishganligini, u yerda undan 2019 yilning 21 oktyabr va 4 dekabr kunidagi o‘g‘riliklar to‘g‘risida so‘rab-surishtirishganligini, u bo‘lib aytgan barcha holatni so‘zlab berganligini, o‘rtog‘i A.M. ham qilgan o‘g‘riliklarini tan olganligini, u ilgari O‘.Z. va B.M.ni ko‘rmaganligi va tanimasligi, keyinchalik ular o‘g‘rilagan kondisionerlar Z.O‘. va M.B.ga tegishli ekanligini bilganligini, o‘g‘rilik qilishda u muzlatgichlardan kondisioner tokini kesganligini, o‘rtog‘i A.M. kondisionerlarni chetga olib qo‘yib, atrofni kuzatib turganligini, o‘g‘rilikdan keyin tokni uzishda ishlatgan omburni uyga olib borib qo‘yganligini, IIB xodimlari o‘sha omburni tegishli tartibda rasmiylashtirib olib qo‘yishganligini, qilmishidan pushaymonda ekanligini, jabrlanuvchilarga yetkazilgan zarar to‘liq qoplanganligini, oilaviy sharoiti og‘irligini, bir nafar voyaga yetmagan farzandi borligini inobatga olib, qonuniy yengillik berishni so‘radi.

Sud, sudlanuvchilar N.A.N. va M.A.K.larning aybiga qisman iqrorlik bildirib, qilmishidan pushaymonligini, oilaviy sharoitini, muqaddam sudlanmaganligini, yashash joyidan ijobiy tavsiflanganligini inobatga olgan holda har ikkala sudlanuvchiga ham qilgan qilmishlariga va shaxslariga mos jazo tayinlandi.

 

N. Sharopov, Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudi raisi  

                                                             

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!