Burga, klapa, chivin - koronavirus tashuvchisi bo‘lishi mumkinmi?

Burga, klapa, chivin - koronavirus tashuvchisi bo‘lishi mumkinmi?

Avval ma’lum qilinganidek, bugun AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi bosh inspektori Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi. Unda muhim savol va murojaatlar yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi.

— Nega telefonlarga ogohlikka da’vat etuvchi SMS-xabarlar kelmay qo‘ydi? Odamlar niqob, antiseptiklar, qo‘lni sovunlab yuvish to‘g‘risida eslatib turilmasa ehtiyotkorlikni unutishmoqda?
— To‘g‘ri, telefonlarga SMS-xabarlar kelishi to‘xtadi, lekin buning o‘rniga muntazam OAV orqali targ‘ib qilinmoqda.

— Oliy toifali shifokorman. Karantin tufayli aprel oyida toifamni qayta tasdiqlata olmadim. Toifa muddati tugaganligi sabab maoshimni qisqartirishdi. Endi toifamiz ham pasaytiriladimi?
— Bu masala bilan SSV attestasiya komissiyasi shug‘ullanyapdi. O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash buyicha respublika maxsus komissiyasiga takliflar kiritilgan, yaqin kunlarda aniq javobni e’tiboringizga yetkazamiz.

— Tahlil natijasidagi 1 marta xatolik, ikkinchi natijada manfiy bo‘lsa karantinda ushlab turish mumkinmi?
— Agar birinchi marta koronavirusga topshirgan tahlil natijasi musbat chiqqan bo‘lsa kasalxonada nazoratda bo‘lishi kerak, ikkinchi marta tahlil natijasi manfiy chiqsa ham 14 kun nazoratda bo‘ladi.

— Ko‘plab virus tashuvchisi bo‘lgan hashoratlar (burga, klapa, chivin) koronavirus tashuvchisi bo‘lishi mumkinmi?
— Yo‘q, bu hashoratlar koronavirus infeksiyasi tashuvchisi bo‘lmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!